Yangiliklar
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Tabrik

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

5 681

Bundan o‘ttiz besh yil muqaddam mustaqillik O‘zbekiston tarixida yangi davrni – o‘z taraqqiyot yo‘lini mustaqil belgilash, milliy o‘zlikni tiklash va kelajakni erkin bunyod etish davrini boshlab berdi. Bugun ushbu bayram bosib o‘tilgan yo‘ldan faxrlanish va Vatanimizning kelgusi ravnaqi uchun mas’uliyat tuyg‘ulari atrofida barchamizni birlashtiradi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Sun’iy intellekt va kiberjinoyatchilik – MDH prokuraturalari ilmiy muloqoti markazida

5 890

Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari A.S.Odinaev boshchiligidagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashi (MDH BPMK) faoliyatida ishtirok etuvchi bosh prokuraturalarning ilmiy va ta’lim muassasalari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

To'liq o'qish
Bakalavriat

Prokuraturaga yo‘llangan ilk bitiruvchilar xizmat faoliyatini boshlaydi

6 687

Bugun Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishini tamomlagan ilk bitiruvchilarni hududiy prokuratura organlarining tergov tarmoqlarida xizmat o‘tash joylariga taqsimlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokuratura rahbariyati, tergov va kadrlar tarmoqlari rahbarlari, prokuratura faxriylari, Akademiya xodimlari hamda…

To'liq o'qish
Malaka oshirish

Tergov amaliyoti: qonun, texnologiya va inson huquqlari

4 569

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tizimida tergovchi sifatida faoliyat boshlayotgan xodimlar uchun 288 soatlik kasbiy qayta tayyorlash kurslari izchil tashkil etilmoqda. Bugunga qadar dasturni 260 nafardan ortiq xodim muvaffaqiyatli tamomladi.

To'liq o'qish
Korrupsiyaga qarshi kurash

Bank komplaensi: shubhali operatsiyalarni aniqlash va xavflarni boshqarish

4 598

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Markaziy bank bilan hamkorlikda «APEX BANK» AJ ichki nazorat tizimi xodimlari uchun jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazdi.

To'liq o'qish
Malaka oshirish

Yosh tergovchilar: zamonaviy bilim, amaliy ko‘nikma va kasbiy mas’uliyat

4 667

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura organlarida tergovchi lavozimiga qabul qilingan bakalavriat bitiruvchilari uchun maxsus o‘quv kursi yakunlandi. Kurs Akademiyada egallangan kasbiy bilim va ko‘nikmalarni prokuratura organlarida dastlabki tergovni tashkil etish va olib borishning o‘ziga xos talablari asosida chuqurlashtirishga qaratildi.

To'liq o'qish