Prokuratura organlariga ilk bor xizmatga qabul qilingan xodimlar uçun kasbiy qayta tayyorlaş kursi tinglovçilari Özbekiston prokuraturasi Prokuratura tarixi muzeyiga taşrif buyurib, soha taraqqiyoti va xizmat an’analari bilan tanişdi.
Muzey ekspozitsiyasi 7 ta tematik bölim va 36 ta asosiy stenddan iborat. Unda 5 mingga yaqin arxiv hujjati, 7 mingdan ortiq foto va videomaterial hamda 2 mingga yaqin tarixiy ahamiyatga ega eksponat jamlangan. Ekspozitsiyalar prokuratura organlarining şakllanişi va rivojlanişi, qonuniylikni ta’minlaş va adolatni qaror toptiriş yölidagi faoliyatini yoritadi.
Tinglovçilar mamlakatimiz hududida davlatçilik va huquq tizimining şakllanişidan bugungi prokuratura tizimigaça bölgan tarixiy bosqiçlar bilan tanişdi. Alohida ekspozitsiyalarda siyosiy qatağonlar davrida nohaq jazolangan, otib taşlangan yoki surgun qilingan yurtdoşlarimiz, jumladan, sud-huquq va prokuratura tizimi xodimlari taqdiri haqidagi ma’lumotlar örin olgan. «Yangi Özbekiston prokuraturasi faoliyati» bölimida esa sönggi yillardagi islohotlar va tizimning institutsional yangilanişlari aks ettirilgan.
Taşrif tinglovçilarga prokuraturaning tarixiy tajribasi va xizmat an’analari bilan tanişiş, qonuniylikni ta’minlaşdagi kasbiy mas’uliyatni çuqurroq anglaş imkonini berdi.