Yangiliklar
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Ta'lim

«Millat ona tili bilan tirikdir!»: davlat tiliga ehtirom va kasbiy mas’uliyat

12

Ona tiliga hurmat, davlat tilida savodli ish yuritish va so‘z mas’uliyati prokuratura, Departament hamda Byuro organlari xodimlari o‘rtasidagi «Millat ona tili bilan tirikdir!» an’anaviy tanlovida o‘z ifodasini topdi. 2026-yilning sentabr–oktyabr oylarida ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlov bu yil oltinchi bor xodimlarning til bilimi, tahliliy fikrlash va nutq mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Akademiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash bo‘yicha amaliy trening

5

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish rejalarini aniqlangan xavf-xatarlar asosida ishlab chiqishga qaratilgan ikki kunlik trening o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlar komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul tuzilmalar xodimlarining xavf-xatarlarni aniqlash, baholash hamda ularning oldini olish choralarini…

To'liq o'qish
Tadbir

Yong‘in xavfsizligi: Akademiya talabalari uchun amaliy mashg‘ulot

3

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda yong‘inning oldini olish, xavf yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanishga e’tibor qaratildi.

To'liq o'qish
E'lon

O‘rinboeva Muxlisa Ma’rufovnaning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

154

O‘rinboeva Muxlisa Ma’rufovnaning 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun «Fuqarolik sud ishlarini yuritishda sun’iy intellektdan foydalanishning istiqbollari: qiyosiy-huquqiy tahlil» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Huquqni…

To'liq o'qish
Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Mahallalar xavfsizligiga ilmiy yondashuv

8

Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga biriktirilgan Angren va Olmaliq shaharlaridagi sakkiz mahallaning yettitasi «qizil» toifadan chiqdi: uchtasi «yashil», to‘rttasi «sariq» toifaga o‘tdi. Bu natija Akademiya va Toshkent viloyati huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorlikdagi ilmiy-amaliy ishlari hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yakunida qayd etildi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Akademiya va UNICRI hamkorligining kelgusi yo‘nalishlari

4

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida BMTning Jinoyatchilik va odil sudlov masalalari bo‘yicha mintaqalararo ilmiy-tadqiqot instituti (UNICRI) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «CONTACT – Markaziy Osiyo» loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Akademiya va INL hamkorligida kadrlar salohiyatini oshirish

4

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida AQSh Davlat departamentining Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL)ning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan vakili J. Uidon bilan tanishuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

To'liq o'qish