Stipendiya dasturlarining milliy raqobatbardoşlikka ta’siri, iqtidorli nomzodlarni saralaş va ta’lim imkoniyatlaridan teng foydalanişni ta’minlaş Samarqandda bo‘lib o‘tgan Global Talent Forum muhokamasining asosiy mavzulari bo‘ldi.
Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi boşliğining xalqaro hamkorlik va yoşlar bilan işlaş bo‘yiça ö‘rinbosari Uyğun Uçqunoviç Nigmadjanov «Iste’dodlarga investitsiya: stipendiyalar milliy raqobatbardoşlik katalizatori sifatida» mavzusidagi panel sessiyasiga moderatorlik qildi. Unda Germaniya, Polşa, AQŞ, Yaponiya va Turkiya taşkilotlari vakillari qatnaşdi.
Sessiyada stipendiya dasturlarini takomillaştiriş, istiqbolli nomzodlarni aniqlaş, ta’lim oliş imkoniyatlarida tenglikni ta’minlaş, dasturlarni barqaror moliyalaştiriş va inson kapitaliga yönaltirilgan investitsiyalarning uzoq muddatli natijalarini baholaş masalalari körib çiqildi.
29–30-oktyabr kunlari ötkazilgan forum özgarayotgan dunyoda inson kapitalini rivojlantiriş mavzusiga bağişlandi. U «El-yurt umidi» jamğarmasi tomonidan taşkil etildi.