Tadbir davomida ishtirokchilarga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va FАTF standartlari Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritilishining ayrim jihatlari borasida maʼlumot berildi.
Xususan, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish va almashish tartibini takomillashtirishga, vakolatli organlarga hisoblarning mavjudligi toʼgʼrisida maʼlumotlar olish boʼyicha avtomatlashtirilgan kirishni taʼminlashga qaratilgan Oʼzbekiston Respublikasining “Bank siri toʼgʼrisida” Qonuniga kiritilgan oʼzgartirishlar borasida toʼxtalib oʼtildi. Bundan tashqari, Bosh prokuratura va boshqa organlarning parallel moliyaviy tekshiruv oʼtkazish masalalarini tartibga soluvchi qoʼshma koʼrsatmasining qoidalari ko'rib chiqildi.
Shuningdek, Jahon banki va BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik boʼyicha boshqarmasining StAR qoʼshma tashabbusi doirasidagi oʼzaro hamkorlik, shu jumladan yuqorida aytib oʼtilgan hujjat loyihalarini tayyorlashda koʼrsatilgan ekspert va texnik koʼmagi alohida qayd etib oʼtildi.