“Fargʼona vodiysida yoshlar ijtimoiy uygʼunlik uchun” loyihasi doirasida Bosh prokuratura Аkademiyasi, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʼyicha boshqarmasining Mintaqaviy vakolatxonasi vakillari, milliy mutaxassislar, shuningdek, mazkur loyihani amalga oshiruvchi autsorsing kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv davomida autsorsing kompaniyasi vakillari tomonidan bunday tadqiqot loyihalarini amalga oshirish boʼyicha kompaniya tajribasi, metodlari va mexanizmlari taqdimoti oʼtkazildi. Milliy ekspertlar tomonidan Yevropa va MDH mamlakatlarida bunday loyihalarni amalga oshirishning ijobiy tajribasini tahlil qilish asosida tadqiqotni muvaffaqiyatli oʼtkazish boʼyicha bir qator tavsiya va takliflar ilgari surildi.