Bosh prokuratura Аkademiyasi vakillarining Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo – qonun ustuvorligi: shaffoflikka koʼmaklashish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish (SА TАES UZ)” loyihasi doirasida loyiha boshqaruvchilari bilan videokonferensaloqa vositasida uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Tadbirda loyiha menejerlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakil, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Аkademiya vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida loyiha ishtirokchilari dasturning yangi menejeri Dimo Grozdev bilan tanishtirildi, ishtirokchilarning rejalashtirilgan tadbirlar samaradorligini oshirish boʼyicha takliflari, korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʼyicha taklif qilingan tadbirlarni amalga oshirishning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.