Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash masalalari boʼyicha oʼquv kursi tashkil etildi

Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash masalalari boʼyicha oʼquv kursi tashkil etildi

 

      Аkademiya tomonidan BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik boʼyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, YeXHTning Oʼzbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi va Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda joriy yilning 21-24-sentabr kunlari "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish: tergov ilgʼor kursi" mavzusida oʼquv kursi tashkil etildi.
      Mazkur tadbir "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish" koʼp yillik dasturni amalga oshirish doirasida tashkil etildi, uning asosiy maqsadi eng ilgʼor xorijiy tajribaga muvofiq idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʼyicha mamlakat milliy salohiyatini mustahkamlashdir.
      Mazkur tadbirda xalqaro ekspertlar, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi, DXX Аkademiyasi va Bosh prokuratura Аkademiyasi xodimlari ishtirok etishdi.
     Oʼquv kurs davomida moliyaviy profil yaratish masalalari, yangi toʼlov usullarining xususiyatlari, dalillarni toʼplash usullari koʼrib chiqildi va oʼtilgan materialni mustahkamlash boʼyicha amaliy mashgʼulotlar oʼtkazildi.
Kurs natijasi boʼyicha ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.