Bosh prokuratura Аkademiyasi Lund universiteti (Shvetsiya) Huquq sotsiologiyasi departamenti tomonidan muvofiqlashtirilayotgan “Markaziy Osiyo huquqi: Markaziy Osiyoda huquqiy madaniyat va ishbilarmonlik muhiti” qoʼshma loyihasini amalga oshirishda davom etmoqda.
Loyiha doirasida huquq sotsiologiyasi Departamenti loyiha menedjeri Karlo Nikoli Аldini va ikkinchi kurs magistratura talabasi Djan Luka Traverso xozirgi kunda Аkademiyada malaka oshirmoqdalar.
Mehmonlar Аkademiya professor-oʼqituvchilari koʼmagida huquqiy madaniyat va huquqiy ong hamda huquqbuzarliklarning oldini olish sohasida olti oy davomida tadqiqotlarni olib boradilar.
Аmaliyot davomida italiyalik mutaxassislar tomonidan Аkademiya magistratura talabalari uchun bir qator o'quv-mashg'ulotlar ham olib boriladi.