Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari nihoyasiga yetdi.
Kirish imtihonlarining soʼnggi bosqichi hisoblangan suhbat Аkademiyada boʼlib oʼtdi. Unda Bosh prokuratura va Аkademiya rahbariyati hamda xodimlari, respublikaning yetakchi oliy yuridik taʼlim muassasalari vakillaridan iborat komissiya aʼzolari ishtirok etishdi.
Yozma imtihonni oʼtkazish, uning natijalarini tekshirish hamda suhbat jarayonlari oshkora va shaffof tarzda oʼtkazilib, onlayn rejimida toʼliq videotryanslyatsiya tashkil etildi (suhbat natijalari).
Kirish imtihonlari jarayonida nomzodlar toʼplagan ballarni umumlashtirish yakunlariga koʼra eng yuqori natijalarga erishgan 40 nafar nomzod 2021-2022-oʼquv yilida Аkademiya magistraturasi tinglovchilari safiga tavsiya etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi jamoasi Аkademiya magistraturasiga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʼtgan nomzodlarni tabriklab, ularga ilm-fan, taʼlim va amaliyot choʼqqilarini egallashlarida ulkan zafarlar tilaydi.