O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan “Xavfsiz hudud” loyihasi doirasida navbatdagi ishchi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakiligi xodimlari, xalqaro va milliy ekspertlar ishtirok etdilar.
Tadbir konstruktiv tarzda o‘tdi, milliy ekspertlar tomonidan loyiha bo‘yicha asosiy natijalar taqdim etildi.
Shuningdek, uchrashuv qatnashchilari tomonidan tadqiqotni yakuniy natijasini tegishli vazirliklar va tashkilotlar xamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida tadqiqot natijalari tashkil etishga kelishib olindi.