Viktimlashtirishni tadqiq etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish davom etmoqda

Viktimlashtirishni tadqiq etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish davom etmoqda

 

“Farg‘ona vodiysida yoshlar ijtimoiy uyg‘unlik uchun” loyihasi doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Mintaqaviy vakolatxonasi vakillari, shuningdek, xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokida videokonferensaloqa vositasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tilburg universitetining viktimologiya bo‘yicha mutaxassisi professor Yan Van Deyk va ekspert Djon Van Kesteringlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, ular tomonidan aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazish  metodikasi muhokama qilindi. Milliy ekspertlar tomonidan Farg‘ona vodiysining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda so‘rovni o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritildi.

Loyihani amalga oshirish uchun tanlab olingan autsorsing kampaniyasi vakillari esa o‘z navbatida mazkur turdagi so‘rovlarni o‘tkazish bo‘yicha o‘z tajribalari to‘g‘risida gapirib berishdi.