Noqonuniy (yashirin) moliyaviy oqimlarga qarshi kurashish BMT Global kun tartibining 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlarining (BRM) 16-maqsadida belgilangan tinchlik, adolat va kuchli institutlarni targ‘ib qilish kampaniyasining muhim tartiqibiy qismi hisoblanadi.
16.4.1 BRM indikatorini statistik o‘lchash sohasidagi milliy salohiyatni mustahkamlash maqsadida Akademiya BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, ESKATO i YUNKTAD tomonidan amalga oshirilayotgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarga noqonuniy moliyaviy oqimlar (NMO) hajmini baholashda bevosita yordam ko‘rsatish loyihasida ishtirok etmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining noqonuniy moliyaviy oqimlarini o‘lchash va tegishli choralarni ko‘rish uchun bunday ko‘rsatkichlardan foydalanish bo‘yicha statistik salohiyatini kuchaytirishdir. Loyiha NMO bilan bog‘liq faoliyatni test sinovidan o‘tkazish choralarini kengaytirish orqali statistik metodologiyani yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi tijorat faoliyati va soliqdan yashirin moliyaviy oqimlar parametrlarini baholash uchun tajriba-sinov davlatlar sifatida tanlangan.
Loyiha tajriba-sinov mamlakatlarga ma’lumotlarning baholash va yaxshilash, ayrim noqonuniy bozorlarga (faoliyatlarga) nisbatan NMOlarni aniqlash metodologiyasini qo‘llash, shuningdek tadqiqotlar yakuniy natijalarini birgalikda tarqatish bo‘yicha texnik ko‘maklashish va o‘quv tadbirlarini o‘tkazish orqali yordam beradi.
Loyiha doirasida Akademiyada xalqaro ekspertlar, tegishli organ va tashkilotlar vakillari ishtirokida boshlang‘ich seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida xalqaro ekspertlar NMOni baholash usullari va ularni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
Tadbir ishtirokchilari 16.4.1-sonli indikatorni milliy darajada bundan keyin amalga oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.