O‘zbekiston Recpublikasi Bosh prokuraturasida xodimlarning nutq madaniyatini oshirish hamda davlat tilida ish yuritishga oid amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Yuridik sohada davlat tilining o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi tanlov tashkil etildi.
Tanlov uchta yo‘nalish: esselar tanlovi, bilimdonlik tanlovi hamda she’rxonlik tanlovidan iborat bo‘lib, mazkur yo‘nalishlarning har biri dastlabki saralash bosqichi va yakuniy bosqichlarni o‘z ichiga olgan.
Yakuniy bosqich natijalariga ko‘ra, tanlov g‘oliblari hamda alohida nominatsiyalar sohiblarini pul mukofoti, diplom va boshqa rag‘batlantirish vositalari bilan taqdirlash nazarda tutilgan.
2021 yil 15-16 oktabr kunlari Bosh prokratura Akademiyasida tanlovning “She’rxonlik” yo‘nalishidagi 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda tashkil etilgan 1-bosqichning 1-3 o‘rin g‘oliblari yakuniy bellashuvda ishtirok etdi.
Tanlov ishtirokchilarining iqtidorini baholash yozuvchi, olim, adabiyotshunoslar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda prokuratura organlari rahbar va xodimlaridan iborat jyuri tomonidan baholanadi.
Tanlov tadbirlarini o‘tkazishda asosiy mezonlar sifatida ularning yuqori saviyada tashkil etilishi, shuningdek xolislik va shaffoflikka alohida e’tibor qaratildi.