Qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va o‘tkazishning huquqiy asoslari, ularning mazmuni va saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik masalalari keng ommaga tushuntirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Namangan viloyati Adliya boshqarmasi, Namangan davlat universiteti va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” nomli o‘quv‐uslubiy to‘plam tayyorlandi.
Ushbu to‘plamda uchastka saylov komissiyalarining amaliy faoliyatini tashkil etishga oid savol‐javoblar, muammoli vaziyatlar bo‘yicha tavsiyalar, testlar, saylov jarayonida foydalanish uchun zarur bo‘lgan protsessual hujjatlardan namunalar o‘rin olgan.
Nashr foydalanish uchun respublikaning barcha hududlariga yuborildi.