Bosh prokuratura Akademiyasi Britaniya Kengashining Change Academy dasturida ishtirok etmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi Britaniya Kengashining Change Academy dasturida ishtirok etmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi Britaniya Kengashining Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Going Global Partnership” dasturining bir qismi bo‘lgan Change Academy loyihasida ishtirok etish uchun O‘zbekiston ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘ldi.

Loyiha oliy talim tizimining salohiyatini oshirish va xalqarolashtirish, tajriba almashish va pedagogik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, Britaniya universitetlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

12 ta hamkor oliy ta’lim muassasalari vakillari orasidan tanlab olingan jamoa 2021 yilning noyabridan 2022 yilning fevraligacha britaniyalik mutaxassislar ishtirokidagi oliy ta’limni rejalashtirish, ta’lim sifatini ta’minlash, akademik mobillikni rivojlantirish, kasb-hunar ta’limida va mehnat bozorida muloqotni mustahkamlash bo‘yicha intensiv o‘quv kursida tahsil oladi.

Loyihada shuningdek ta’lim sifatini, shu jumladan moslashuvchan, funksional va dinamik elektron talim muhitini xalqaro ta’lim standartlariga mos ravishda takomillashtirish maqsadida Akademiyaning rivojlanish rejasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sohasidagi yetakchi institutlari bilan hamkorlik qilish nazarda tutilgan.