2021-yil 27-oktabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig‘i Ye.Kolenko “Mintaqaviy muloqot” XNNT direktori M.Sever bilan uchrashdi.
Uchrashuvda shuningdek Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari U.Nigmadjanov va tarkibiy tarmoq rahbarlari, “Mintaqaviy muloqot” XNNTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari P.Goryup va rahbar o‘rinbosari B.Sharipovlar ishtirok etishdi.
COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq tanaffusdan keyin tashkil etilgan mazkur uchrashuv tomonlarga avvaldan rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish, shuningdek kelgusidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini belgilab olish imkonini berdi.
Uchrashuv so‘ngida o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi.