Akademiyada Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyatining Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi (XQXQ) vakillari, xususan, delegatsiya rahbari o‘rinbosari Yu.Shafarenko, delegatsiya rahbari yordamchisi I.Borisova va yurist M.Aminovlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq tanaffusdan so‘ng o‘zaro aloqalarni qayta tiklash maqsadida tashkil etildi.
Tomonlar avvalroq belgilangan rejalarni amalga oshirishni muhokama qildilar, shuningdek, huquqni muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha, ilmiy-tadqiqot va ta’lim salohiyatini oshirish sohasida yangi vazifalarni belgilab oldilar.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi, har ikki tomon hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.