Sayyor o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Sayyor o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

 

Ichki ishlar vazirligi ko‘magida Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi tinglovchilar uchun dala o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
O‘tkaziladigan sayyor o‘quv mashg‘ulotlari doirasida magistrlar jangovor, saf va jismoniy tayyorgarlikning asoslarini o‘zlashtiradilar. 
Shuningdek, dasturga muvofiq tinglovchilar jangovar o‘qotar qurollarning asosiy turlari, ulardan foydalanishning nazariy jihatlari, ularning jangovar xususiyatlari, asosiy qism va mexanizmlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Tinglovchilar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida o‘zlarining bilimlarini oshirish va jismonan chiniqish maqsadida u yerdagi  axborot-resurs markazi va sport-sog‘lomlashtirish majmuasidan samarali foydalandilar.
O‘quv yig‘inining yana bir asosiy maqsadi Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ruhiy birdamlik va jamoaviy jipslikni mustahkamlashdan iboratdir.