2021-yilning 5-noyabr kuni Akademiya rahbariyati AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID)ning O‘zbekistonda sud-huquq islohotlari loyihasi direktori R.Nazarova, yuristlar malakasini oshirish bo‘yicha mutaxassis M.Mukimova va oliy va kasb-hunar ta’limi sohasidagi ekspert, professor B.Baumanlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
USAID dasturining chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida huquqiy islohotlar bo‘yicha tomonlar Akademiyaning ta’lim sifatini oshirish tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. Mehmonlarga Akademiya faoliyati, jumladan, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.