Akademiya magistraturasining “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” dasturi doirasida talabalar uchun “Jabrlanuvchi huquqlarini himoya qilish” nomli o‘quv moduli boshlandi.
Akademik dastur va o‘quv modulini ishlab chiqish ishlariga ilg‘or ilmiy-ta’lim muassasalari va tashkilotlari mutaxassislari, shu jumladan, Shvetsiyaning Lund universiteti doktori Xildur Fola Antonsdottir jalb qilindi.
Mazkur o‘quv kursi doirasida jabrlanganlarning xalqaro huquqdagi maqomi, ularning huquqlari himoya qilish bo‘yicha xalqaro xujjatlarning mazmun-mohiyati, viktimologiyaning muhim tamoyillari, jabrlangan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jabrlanuvchi va guvohlarni himoya qilish, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplash, shuningdek odam savdosi, oiladagi zo‘ravonlik va qiynoqdan jarblanganlarning huquqlarini himoya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
X.Antonsdottir tomonidan mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan magistratura talablari uchun viktimiologiyaga oid asosiy konsepsiyalar, xalqaro standartlar va amaliyot bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, amaliy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida imitatsion mashqlar o‘tkazilmoqda.
O‘quv kursi doirasida qiska muddatli sayyor o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi, xususan Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi hamda Mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Toshkent shahar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga tashrif buyurildi.
O‘quv jarayonlariga huquq sotsiologiyasi va psixologiya bo‘yicha xalqaro ekspertlar hamda jinoyat huquqi va kriminologiya bo‘yicha milliy ekspertlar jalb etilgan holda fanlararo yondashuvga asoslanlangan amalga oshirilmoqda.
Kurs yakuni bilan tinglovchilar ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, siyosat va qonunchilik, kasbiy madaniyat va huquqni qo‘llash bo‘yicha o‘z bilimlarini oshiradi, jinoiy odil sudlov jarayonining hozirgi holati va rivojlanishi tendensiyalarini baholay olish hamda jarblanuvchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ijobiy natijalarga erishishda himoya qilishning milliy va xalqaro tizimlarning imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni yaxshilaydi.
Kursni tashkil etish va o‘tkazish AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning sud-huquq islohotlari dasturi ko‘magida amalga oshirilmoqda.