Treninglarni samarali o‘tkazish bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etildi

Treninglarni samarali o‘tkazish bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etildi


Akademiya vakillari Interpol ko‘magida C.A.S.Ye. (Markaziy Osiyoda xavfsizlik bo‘yicha elektron ta’lim) loyihasi doirasida tashkil etilgan “Samarali trening o‘tkazish” mavzusidagi kursda ishtirok etmoqda.
Mazkur kurs tan olingan xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘tkazilib, Interpol o‘quv tadbirlarida olingan texnik bilimlarni o‘qitish va tarqatish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Kurs dasturi bir qator onlayn vebinarlardan iborat.
Kurs o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda malaka oshirishga manfaatdor Markaziy Osiyo mamlakatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari, politsiya tergov bo‘linmalari va ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan.