Bosh prokuratura Akademiyasida Amerika o‘rmon xizmati loyiha menejeri S. Mann, AQSH Davlat departamentining Giyohvand moddalar va huquqni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha (INL) Toshkentdagi byurosi direktori D. Anderson va INL dasturlari yordamchisi F. Qayumxo‘jayevlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar Akademiyaning tuzilmasi va faoliyat yo‘nalishlari, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bilan tanishtirildi. Prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya sohasidagi salohiyatini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi.