Prokuratura organlari tergovchilari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari malakasini oshirish kursi yakunlandi

Prokuratura organlari tergovchilari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari malakasini oshirish kursi yakunlandi

 

Bosh prokuratura Akademiyasida tuman (shahar) prokuraturalari tergovchilari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman (shahar) bo‘limlari tezkor xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
O‘quv kursi dasturi doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi xalqaro standartlar, xalqaro va milliy tizim, jinoiy faoliyatdan  olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish, jinoiy faoliyatning moliyaviy jihatlarini tekshirish, kriptovalyutalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni fosh etish, iqtisodiy hamda korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, tezkor-qidiruv faoliyatini olib borish, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda departament organlari bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
O‘quv tadbirlariga Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda Departament, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa organlar tajribali mutaxassislari, Qozog‘iston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi ilmiy xodimlari hamda xalqaro ekspertlar jalb qilindi.
O‘quv mashg‘ulotlari interaktiv shaklda o‘tkazildi, tinglovchilar o‘z faoliyatlari bilan bog‘liq dolzarb masala va muammolarni muhokama qilib, ularning yechimiga oid o‘zaro tajriba almashishdi.