Akademiya xodimlari tomonidan tizimli ravishda prokuratura organlari xodimlarining bilim va kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus adabiyotlar tayyorlab kelinadi. Masofaviy ta'limni rivojlantirish masalalari dolzarbligidan kelib chiqqan holda Elektron ta'lim bo'limi katta prokurori A.Ibraymov tomonidan masofaviy o'qitishda tyutorlik faoliyatini tashkil etish bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanma tayyorlandi.
Mazkur qo'llanmada tyutorlik faoliyatining rivojlanish tendensiyalari, an'anaviy o'qitish jarayonida o'qituvchilik faoliyati bilan masofaviy o'qitishda tyutorlik faoliyatini o'zaro qiyoslash orqali tahliliy ma'lumotlar berilgan hamda masofaviy o'qitish jarayonida tyutorlik faoliyatini tashkil etishning asosiy bosqichlari, turlari tamoyillari, modellari, funksiyalari yoritilgan.
Qo'llanma, shubhasiz, prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish masofaviy kurslarida tyutorlar faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.