Bosh prokuratura Akademiyasida “Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat” mavzusidagi malaka oshirish kursi nihoyasiga yetdi.
Mazkur 3 oylik malaka oshirish kursida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda tuman (shahar) prokuraturalari xodimlari ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim shaklida o‘qitildi.
Mashg‘ulotlar dasturi doirasida agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi uchun yer uchastkalari ajratish, suv va gidrotexnika inshootlaridan foydalanish hamda saqlash, meva-sabzavotchilik va polizchilikka oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Kurs yakunida imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikatlar berilishi ta’minlandi.