Tayanch doktoranturaga qabulning saralash bosqichi yakuniga yetdi

Tayanch doktoranturaga qabulning saralash bosqichi yakuniga yetdi

 

Bosh prokuratura Akademiyasi doktoranturasiga o‘qishga kirish uchun talabgorlar uchun chet tilidan imtihon bo‘lib o‘tdi.
Imtihon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizomi talablariga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirildi.
Kirish imtihoni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori X.Paluanova raisligidagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Bosh prokuratura akademiyasi mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Imtihon talabgorlarning topshirayotgan yuridik fanlar ixtisosliklari yo‘nalishida hamda ilmiy tadqiqot mavzulari doirasida savol-javob tarzda o‘tkazildi.
Imtihon yakunida komissiya a’zolari xorijiy davlatlar qonunchilik tajribasini chuqur o‘rganish, tahlil qilish hamda tadqiqot natijalarini milliy qonunchilikni takomillashtirish jarayonida qo‘llash uchun til bilishning ahamiyati katta ekanligini ta’kidlab, nomzodlarni imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganliklari bilan tabrikladilar. 
Bosh prokuratura Akademiyasi tayanch doktoranturasiga qabul o‘z nihoyasiga yetdi.