“Jinoyat va jinoyat – protsessual qonunchiligini takomillashtirishning ayrim masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

“Jinoyat va jinoyat – protsessual qonunchiligini takomillashtirishning ayrim masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Jinoyat va jinoyat – protsessual qonunchiligini takomillashtirishning ayrim masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni samarali amalga oshirish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi o‘qituvchilari va doktorantlari, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari konferensiyada ishtirok etdilar.
Anjumanda voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda kriminalistik algoritmlarning asosiy yo‘nalishlarini joriy etish, xorijiy mamlakatlarda soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni huquqiy tartibga solish masalalari, aliment undirishda voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Tadbir konstruktiv muhokama ruhida tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.