Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan “Ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati” nomli uslubiy qo‘llanma tayyorlandi.
Mazkur qo‘llanma prokuratura organlarining ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishidagi faoliyatini yo‘naltirish, mavjud normativ hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish, tekshirishga tayyorgarlik bosqichida tahlil uchun zaruriy ma’lumotlar va tekshirish o‘tkazish jarayonida o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalarni yoritib berish orqali uslubiy ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, qo‘llanma sohaga oid nazorat ob’ektlari, ularni tekshirish tartibi, mexanizmlari va boshqa masalalarni qamrab olgan.
Bugungi kunda ushbu uslubiy qo‘llanmani viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar hamda barcha tuman-shahar prokuraturalariga yetkazish chorlari ko‘rilmoqda.