O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan “Xavfsiz hudud” loyihasi ekspertlar guruhining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv Vena shahridagi BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining jinoyatlarni oldini olish va jinoiy sudlov bo‘limi vakili, shahar xavfsizligi loyihasi koordinatori N.Grelle ishtirokida o‘tkazilib, unda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakillari, shuningdek, xalqaro va milliy ekspertlar qatnashishdi.
Tadbir konstruktiv va samarali o‘tdi, milliy ekspertlar loyiha doirasida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan xulosa va takliflardan iborat yakuniy hisobotni taqdim etdilar.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari yakuniy tadbirni tashkil etish va o‘tkazish, jumladan, 2021 yil 6 dekabr kuni “Hyatt Regency” mehmonxonasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy axborot vositalari uchun brifing hamda manfaatdor vazirlik va idoralar ishtirokidagi hisobot taqdimotini muhokama qildilar.