Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ko‘magida IHTTning O‘zbekiston uchun korrupsiyaga qarshi kurashish loyihasi doirasida “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish” mavzusidagi o‘quv kursi ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
O‘quv kursi masofaviy va an’anaviy shakldagi “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik” va “Korrupsiyaga oid jinoyatlarini aniqlash va tergov qilish” kabi ikkita o‘quv modullarini o‘z ichiga oldi.
O‘quv kursining masofaviy qismida prokuratura organlari, Davlat xavfsizlik xizmati va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining korrupsiyaviy sxemalarni fosh qilish va tergov qilishga mas’ul bo‘lgan tergovchilari va xodimlari korrupsiyaga oid jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish, jinoiy aktivlarni qidirish, xatlash va musodara qilish, idoralararo va xalqaro hamkorlik vositalaridan foydalanish kabi nazariy masalalar bilan tanishib chiqishdi.
2021-yilning 29-noyabrdan 3-dekabrga qadar Bosh prokuratura Akademiyasida IHTTning Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i ekspertlari va milliy trenerlar ishtirokida kursning trening qismi tashkil etilib, unda ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda korrupsiya bilan bog‘liq gipotetik jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini o‘tkazishdi.
Amaliy topshiriqlarni bajarish, amaliyotda yuzaga keladigan muammolarni muhokama qilish va hal qilish, simulyatsiyaviy ish bo‘yicha oraliq va yakuniy qarorlarning taqdimotini o‘tkazish ishtirokchilarning tegishli amaliy ko‘nikmalarini yaxshilashga imkon berdi.
O‘quv tadbiri yakunida test sinovlaridan muvoffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.