Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasining Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrifi

Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasining Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrifi

 

Bosh prokuratura Akademiyasida Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari – Bosh prokurori huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish Bosh boshqarmasi boshlig‘i N.X Radjabov boshchilidagi Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Akademiya boshlig‘i Ye.V.Kolenko mehmonlarni Akademiya faoliyat yo‘nalishlari, ta’lim, ilm-fan hamda prokuror-tergov amaliyotining uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan ta’lim texnologiyalari bilan tanishtirib o‘tdi.
Tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish hamda o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.
Urashuv konstruktiv ruhda o‘tdi, hamkorlik yuzasidan keyingi qadamlar belgilandi.