Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi


 
Joriy yilning 9-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Bosh prokuratura Akademiyasi va boshqa davlat idoralari hamda xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida «Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tanlovda respublikaning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq ishtirokchilar «Eng yaxshi ijtimoiy videorolik», «Eng yaxshi maqola (blog, post) muallifi», «Eng yaxshi ijtimoiy videorolik ssenariysi», «Dasturiy mahsulot (sayt, mobil ilova) yaratish bo‘yicha eng yaxshi konsepsiya», «Korrupsiyaviy xavf-xatarlar bo‘yicha eng yaxshi tahliliy ma’lumot va innovatsion g‘oya» nominatsiyalari ishtirok etdilar.
Tantanali marosimda tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblarga qimmatbaho sovrinlar topshirildi.