Mutaxassis-amaliyotchilarning korrupsiyaga qarshi tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha birinchi yalpi majlisida ishtirok etildi

Mutaxassis-amaliyotchilarning korrupsiyaga qarshi tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha birinchi yalpi majlisida ishtirok etildi

 

2021-yil 11-12-dekabr kunlari Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati BMT GJBning “Buyuk yupak yo‘lining iqtisodiy yo‘lagida joylashgan mamlakatlarni BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash orqali barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida mutaxassis-amaliyotchilarning korrupiyaga qarshi tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha birinchi yalpi majlisida ishtirok etdi (Sharm-esh-Sheyx shahri, Misr).
Yalpi majlisning birinchi kunida Akademiya boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ma’ruza qilindi.
Tadbirning ikkinchi kunida Akademiya rahbariyati tomonidan korrupsiyaning oldini olishda ta’lim va fanning ahamiyati, shuningdek Akademiyaning qayd etilgan sohadagi faoliyati bo‘yicha chiqish qilindi.