Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi haqida
2021 yil 16 dekabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tashkil etilganligining 30 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbekiston prokuraturasi: kecha, bugun va ertaga” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ofisi, BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi, «Mintaqaviy muloqot» XNNT va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.
Konferensiya dasturida “Prokuraturaning tashkiliy-huquqiy asoslari va faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida yalpi sessiya, shuningdek “Prokuratura organlarining fuqarolar huquq va erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari himoyasini ta’minlashdagi roli” hamda “Prokuratura organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatidagi o‘rni” mavzularida parallel sessiyalar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Boshlanishi soat 9:30da, ro‘yxatga olish soat 9:00da.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakuniga ko‘ra ilmiy maqola va tezislar to‘plami nashr etilishi rejalashtirilgan.
Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar (havola).