O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya xaftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida «Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korrupsiyaga qarshi kurashish» mavzusida universitet kursantlari uchun mahorat darsi o‘tkazildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Bosh prokuratura Akademiyasi professori, yu.f.d. V.Karimov, «Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldida turgan dolzarb vazifalar» mavzusida ma’ruza qildi.
Davra suhbatida universitetning kursantlari, professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Mahorat darsida hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik vakillarining hamkorligi, ushbu sohadagi tadbirlar sifati va samaradorligini oshirish borasida fikr almashildi.