Akademiya mutaxassislari suv toshqinidan talofat ko'rgan aholiga psixologik ko'mak berishda ishtirok etmoqda

Akademiya mutaxassislari suv toshqinidan talofat ko'rgan aholiga psixologik ko'mak berishda ishtirok etmoqda

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi psixologik ta'minlash bo'limi mutaxassislari Sardoba suv omboridagi favqulodda vaziyat natijasida sodir bo'lgan suv toshqinidan talofat ko'rgan Sirdaryo viloyati aholisiga psixologik ko'mak berishda ishtirok etmoqda.

Hodisaning birinchi kunlaridanoq Akademiya mutaxassislari M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali psixologlari bilan birgalikda evakuatsiya qilingan fuqarolar bilan vaqtinchalik istiqomat qilib kelayotgan turar joylarda ularning optimal psixologik va psixofiziologik holatini saqlab turish maqsadida faoliyat olib bormoqdalar.

Mutaxassislar tomonidan hodisa oqibatida aholining yuqori darajadagi his-hayajon va stress ta'siridan xalos bo'lishi, vaqtinchalik istiqomat qilish joylariga moslashishlariga ko'maklashish maqsadida individual va oilaviy konsultatsiyalar o'tkazilmoqda.

Shuningdek, faoliyat ko'rsatayotgan shtab tomonidan favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo'yicha samarali choralarni ishlab chiqishida foydalanish maqsadida, evakuatsiya qilingan fuqarolar bilan so'rov va suhbatlar o'tkazilib, suv toshqini oqibatida jabr ko'rgan insonning ijtimoiy portreti yaratilmoqda.