Akademiyada ilmiy unvon olish uchun maxsus imtihon bo‘lib o‘tdi

Akademiyada ilmiy unvon olish uchun maxsus imtihon bo‘lib o‘tdi


 O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida 2021-yil 23-dekabr kuni ilmiy unvonga talabgorlarning “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” fanidan imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Imtihon davlat va jamiyat qurilishi, ta’lim va fan, huquqni qo‘llash va iqtisod sohalarida ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan olimlar va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Imtihonda Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi va Qurolli Kuchlar Akademiyasidan talabgorlar ishtirok etishdi.
Imtihon jarayonida talabgorlarning faoliyat ko‘rsatayotgan soha, ular olib borayotgan ilmiy izlanishlar yoki kasbiy faoliyatining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va uning metodologiyasiga  muvofiqligi va uning mazmun-mohiyati yuzasidan bilim va tajribalari sinovdan o‘tkazildi.
Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar taqdim etildi