O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar doirasida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Gibrid shaklda (onlayn va offlayn) o‘tkazilgan mazkur idoralararo tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari hamda magistratura tinglovchilari ishtirok etdi.
Unda Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari, yu.f.d., prof. M.M.Mamasiddiqov “Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi va talablari” mavzusida ma’ruza qildi.
Seminar ochiq muloqot shaklida o‘tdi, tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq va amaliy javoblar olishdi.
Uchrashuv yakunida ilmiy seminarlarni muntazam ravishda o‘tkazishga hamda idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.