2020 yil 11 sentyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi tomonidan Akademiya huzurida tashkil etilgan yuridik fanlar fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash a'zolari bilan hamkorlikda “Ilmiy tadqiqot ishlariga qo'yiladigan talablar” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarda Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda markaz boshlig'i, yu.f.d., prof. M.M.Mamasiddiqov, Ilmiy kengash kotibi, kafedra boshlig'i yu.f.f.d. X.A.Karimov va kafedra o'qituvchisi, yu.f.n., dotsent, E.T.Xodjievlarning ma'ruzalari tinglandi.
Ma'ruzachilar tomonidan dissertatsiya va avtoreferatni tayyorlash, ularni rasmiylashtirishga quyiladigan talablar, tadqiqot natijalarini amaliyotgan joriy etish tartibi va talablari bo'yicha batafsil ma'lumotlar berildi.
Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o'tib, ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.