Jinoyatchilikning oldini olish sohasidagi istiqbolli loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jinoyatchilikning oldini olish sohasidagi istiqbolli loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi vakillari bilan jinoyatchilikning oldini olish sohasidagi istiqbolli loyihalar muhokamasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan birgalikda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida amalga oshirilgan "Shahar sharoitida xavfsiz, inklyuziv va barqaror hamjamiyatlarni boshqarish yondashuvlari" loyihasini davom ettirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir konstruktiv tarzda o‘tdi, BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar qonuniylikni mustahkamlash va jinoyatlarning oldini olishdagi ilmiy va ekspert salohiyatni mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligi ta’kidlandi.