Joylarda jinoyatchilik profilaktikasiga oid masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv

Joylarda jinoyatchilik profilaktikasiga oid masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv

 

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha faoliyatga ilmiy-metodik jihatdan ko‘maklashish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.
Mazkur ishlar doirasida Akademiyada Toshkent shahri Chilonzor tumani “Katta Qozirabod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), profilaktika inspektori va boshqa xodimlari, shuningdek BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy vakolatxonasi vakillari ishtirokida  mazkur hududda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan faoliyatni metodik va amaliy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. 
Uchrashuv  davomida BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy vakolatxonasining texnik ko‘magida jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 
Uchrashuv yakuniga ko‘ra “Katta Qozirabod” mahallasida jinoyatchilik profilaktikasi sohasida kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan yo‘l xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi.