Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi terminlari lug'ati tayyorlandi

Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi terminlari lug'ati tayyorlandi

Bosh prokuratura Akademiyasi Til o'rgatish kafedrasi tomonidan Akademiya tinglovchilari, magistrlari hamda amaliyotchi xodimlar uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi terminlari lug'ati – Terms of Criminal Code of Uzbekistan tayyorlandi.

Mazkur qo'llanma (lug'at) ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida  O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi terminlari o'zbek, rus va ingliz tillarida keltirib o'tilgan.

Qo'llanmaning ikkinchi qismida jinoyat huquqi doirasida eng ko'p qo'llaniladigan so'z va birikmalar ro'yxati shakllantirilgan bo'lib, bunda tinglovchining atamalarni ingliz tilida qo'llay olish qobiliyatini kuchaytirish maqsadida tarjimalar ingliz tilida izohli lug'at sifatida keltirilgan.

Qo'llanma amaliyotchi xodimlar va tinglovchilar uchun yuridik ingliz tilida so'zlashish va yozish malakalarini rivojlatirishga xizmat qiladi.