Kriminogen vaziyatni tahlil qilishda sun’iy intellektni qo‘llash masalalari muhokama qilindi

Kriminogen vaziyatni tahlil qilishda sun’iy intellektni qo‘llash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida  kriminogen vaziyatni baholashda sun’iy intellektni qo‘llash masalalari muhokamasi davom ettirildi.

Uchrashuvda Akademiya, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda kriminologik prognozda sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan xorijiy va milliy olimlarning ilmiy ishlanmalarini o‘rganish yakunlari bo‘yicha fikr almashildi. Kelgusida sun’iy intellektni qo‘llagan holda kriminologik prognoz qilishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma loyiha doirasida o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. 

Tadbir davomida kelgusida mazkur masala bo‘yicha milliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida davra subati tashkil etishga kelishib olindi.