O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan an’anaviy “fan soati” doirasida navbatdagi ilmiy uchrashuv tashkillashtirildi.
Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Jamoat xavfsizligi universitetining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, mustaqil izlanuvchilar va doktorantlari ishtirok etdilar.
Ilmiy seminarni Angliyaning Manchester universiteti professori Kris Tornxil va Shvetsiyaning Lund universiteti Huquq sotsiologiyasi departamenti dotsenti, Huquq sotsiologiyasi sohasida falsafa fanlari doktori Rustamjon O‘rinboyev o‘tkazishdi.
Onlayn va oflayn formatda bo‘lib o‘tgan tadbirda ilmiy-tadqiqot ishlariga qo‘yilgan talablar, sud va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishda ilmiy-tadqiqotlarning o‘rni, yuridik sohada ilmiy-tadqiqotlarni olib borishdagi zamonaviy metodlarning o‘rni, shuningdek xorijiy mamlakatlarda ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalar muhokama qilindi.
Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, yosh olimlar va tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.