Xalqaro ekspert ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash” magistratura dasturining yangi o‘quv kursi boshlandi

Xalqaro ekspert ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash” magistratura dasturining yangi o‘quv kursi boshlandi

Akademiya magistraturasining “Korrupsiyaga qarshi kurash” yo‘nalishi tinglovchilari uchun xalqaro ekspert M.Kroytner ishtirokida yangi o‘quv kursi tashkil etildi.


Martin Kroytner – professor, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro ekspert. 2010–2019 yillarda Xalqaro antikorrupsiya akademiyasi (IACA) rektori lavozimida ishlab kelgan, 2001 yildan 2010 yilgacha M.Kroytner Avstriya Ichki ishlar Federal byurosiga rahbarlik qilib, uning rahbarligida mazkur byuro Avstriya Federal antikorrupsiya byurosi cifatida shakllandi.


Mazkur o‘quv kursi korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida fanlararo va tarmoqlararo yondashuvni qo‘llash, korrupsiyaga qarshi amaliyotda innovatsion fikrlash va professional ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. 

Kurs hozirgi zamon muammolari va korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi eng ilg‘or amaliyotini hisobga olgan holda tushunchalar va amaliy choralarga yo‘naltirilgan bir qator fanlararo o‘quv modullardan iborat.


Talabalar korrupsiyaning turli xil ko‘rinishlari, huquq, siyosatshunoslik, tarix, iqtisodiyot, kriminologiya, sotsiologiya, korrupsiyaga qarshi masalalar bo‘yicha inson huquqlari sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va vositalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tanqidiy mulohaza yuritish, korrupsiyaga qarshi kurash amaliyotini, axborot texnologiyalari imkoniyatlarini turli yondashuvlar prizmasi orqali o‘rganish korrupsiyaga qarshi kurash va tadqiqotlar sohasidagi yetakchi mutaxassisdan har tomonlama tushuncha va tajriba olishga imkon beradi.

Kurs interaktiv prezentatsiyalar, munozarali forumlar, guruh ishi, mustaqil o‘qishdan iborat.


Tinglovchilar korrupsiyaga karshi kurashish xamda uning oldini olish buyicha ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida yuridik laboratoriyada xamda amaliyotchi olimlar ishtirokidagi forumda ishtirok etadilar. 
Mazkur kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar sertifikatga ega bo‘ladilar.