Alisher Navoi va Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho merosiga bag‘ishlangan tadbirlar

Alisher Navoi va Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho merosiga bag‘ishlangan tadbirlar

Mamlakatimizda ajdodlarimizning boy ilmiy va adabiy merosini saqlash va uni keng targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan
Bosh prokuratura Akademiyasida Toshkent shahar prokuraturasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi hamda Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda matnshunos olim, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, f.f.n. A.Dehqonov, “O‘zbekiston tarixi” telekanali direktori, f.f.d. Sh.Hayitov,. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi D.Muhammadiyevalar ishtirok etib, mamlakatimizda ajdodlarimizning ilmiy va adabiy merosini saqlash va uni keng targ‘ibot qilish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, shuningdek Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy meroslari borasida fikr bildirdilar.

Adabiyot bayrami timsolida o‘tgan tadbirlarda Alisher Navoiy
va Zahiriddin Muhammad Bobur merosi huquq ilmi bilan ajralmas ekani, ularning insoniyatga xizmat qilayotgan asarlari global ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirda Akademiya o‘qituvchisi S.Kurbanova tashabbusi bilan AQSH Florida xalqaro universitetida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyatiga bag‘ishlab tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Ularda xorijiy tinglovchilar tomonidan Alisher Navoiyning «Ko‘rgali husningni», «Deyin», «Guli va Navoi» kabi mashhur asarlarini, shuningdek Zahiriddin Muhammad Boburning esa ko‘plab ruboiylari ijro etildi.