Akademiya doktorantlari va magistratura tinglovchilari vazirlik faoliyati, innovatsiyalar sohasidagi tendensiyalar va tadbirlar bilan tanishish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurishdi.
Akademiya tinglovchilari ilm-fanning turli sohalarida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tashrif davomida innovatsion rivojlanish vaziri I.Abduraxmanov bilan uchrashuv tashkil etilib, unda tinglovchilarga turli sohalarda amalga oshirilayotgan innovatsion ishlanmalar, ularni moliyalashtirish manbalari va kutilayotgan natijalar haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv faol muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Akademiya tinglovchilari Innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish texnoparkiga ham tashrif buyurib, “Learning by doing” tamoyili asosida talabalar olgan bilimlarni amalda qo‘llash jarayonini kuzatdilar.