Akademiyada tuman (shahar) prokurorlarining qonunchilik ijrosi ustidan nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi katta yordamchilari va yordamchilari uchun “Ijtimoiy va iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi mashg‘ulotlari boshlandi.
144 soatdan iborat kurs aralash ta’lim shaklida tashkil etilgan bo‘lib, uning kursining 108 soati asosiy ish joyidan ajralmagan holda to‘liq masofaviy shaklda, 36 soati Akademiyada an’anaviy o‘quv mashg‘ulotlari shaklida amalga oshiriladi.
Malaka oshirish kursi dasturi amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, ularning huquqni qo‘llash amaliyotiga tatbiq etilishi, amaliyotda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklar, ularni hal etish yo‘llari hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini olib borishning boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘rin olgan.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilardan imtihon o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra sertifikatlar topshiriladi.