Bosh prokuratura Akademiyasida joriy yilning 21-26 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha mas’ul xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Kurs maqsadi tinglovchilarning haqqoniy va xolis axborotni tezkorlik bilan aholiga yetkazishda samarali instrumentlarni qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat.
O‘quv kursi mashg‘ulotlari orqali tinglovchilarda negativ va feyk axborot bilan ishlash, kontent-strategiya va media-rejani shakllantirish, yuridik ritorika va kreativ PR-instrumentlarni qo‘llash, «SMART» maqsadlarni shakllantirish borasida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish nazarda tutilgan.
O‘quv kursi mashg‘ulotlariga Bosh prokuratura Akademiyasi o‘qituvchilari bilan bir qatorda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi direktorining o‘rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari jalb qilindi.
O‘quv kursi jarayonida tinglovchilar Xabar.uz, kun.uz elektron platformasi xodimlari bilan davra suhbatlarda qatnashishlari rejalashtirilmoqda.
Mashg‘ulotlar so‘ngida tinglovchilarga sertifikatlar topshiriladi.